- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
№ |
Soha nomi |
I chorak |
II chorak |
III chorak |
IV chorak |
1. |
Asosiy kapitalga investitsiyalar (2024-yil) |
|
|||
2. |
Tashqi savdo aylanmasi (2024-yil) |
|
|
|
|
3. |
|
|
|
|
|
Makroiqtisodiy barqarorlik, aholi bandligi ta’minlash hamda eksport va investitsiyalarni o‘zlashtirish borasida ham bir qator ishlar amalga oshirildi.
2023-yilda viloyatda yalpi hududiy mahsulot hajmi 105,8 foizga, sanoat mahsulotlari 106,7 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 101,9 foizga, qurilish-pudrat ishlari 107,5 foizga, xizmatlar hajmi 112,5 foizga o‘sishi ta’minlandi.
Aholi jon boshiga 2022-yilga nisbatan yalpi hududiy mahsulot hajmi 13,1 mln. so‘mga oshib 76,9 mln so‘mni, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 14,8 mln. so‘mga oshib 95,4 mln so‘mni, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari 3,1 mln so‘mga oshib 18,5 mln so‘mni, xizmatlar hajmi 2,0 mln so‘mga oshib 10,8 mln so‘mni tashkil etdi.
Sanoat ishlab chiqarishga alohida e’tibor qaratilib, mavjud imkoniyat va rezervlarni ishga solinishi natijasida, 2023-yil yakuni bilan ishlab chiqarish hajmi 101,6 trln so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan o‘sish 106,7 foizga ta’minlandi.
Sanoatning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish (106,6%), metallurgiya (108,3%), elektrotexnika sanoati (108,5%) qurilish materiallari sanoati (103,7%) tarmoqlarida yuqori o‘sish kuzatildi.
2023-yil mahalliylashtirish dasturiga kiritilgan 60 dan ortiq korxonalarda 125 turdagi (shundan, 60 tasi yangi mahsulot) 1,3 trln so‘mlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarilib, 2022-yilga nisbatan 17,2 foizga ko‘p bajarilishi ta’minlandi.
Davlatimiz Rahbarining viloyatimizga tashrifida bergan ko‘rsatmalari asosida ishlab chiqarish yo‘nalishdagi kichik biznes subyektlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “shatakka olish mexanizmi” joriy etildi.
Bugungi kunda 86 ta (“Navoiy KMK” AJ 40 ta, “Navoiyuran” DK 11 ta, “Navoiy IES” AJ 10 ta, “Qizilqumsement” AJ 12 ta, “Navoiyazot” AJ 15 ta) kichik biznes subyektlariga “shatakka olish mexanizmi” asosida yirik korxonalar tomonidan amaliy ko‘mak berib kelinmoqda.
2023-yilda viloyatda 11,5 tlrn. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilib, 112,5 foiz o‘sish ta’minlandi. Xizmat ko‘rsatishda yuqori o‘sish sur’atlari asosan moliyaviy xizmatlarda 129,9 foiz, me’morchilik sohasida 127,6 foiz, ta’lim sohasidagi xizmatlarda 121,2 foizni tashkil etdi.
Aholi bandligini ta’minlash borasida mehnat bozoridagi 52,9 ming nafar talabdan kelib chiqib (bitiruvchilar 17,3 ming nafar, xorijdan ishlab qaytganlar 7,5 ming nafar, 1,1 ming nafar harbiy xizmatdan qaytgan va ish o‘rni qisqarganlar) 2023-yilda 248,2 ming nafar aholi bandligi ta’minlandi.
Natijada, viloyatdagi kambag‘al aholi soni 97,3 ming tadan 73,1 ming nafarga kamaytirildi, kambag‘allik darajasi bir yil oldingi 9,2 foizdan 7,0 foizga, ishsizlik darajasi esa 8,0 foizdan 6,0 foizga tushirildi.
Viloyatdagi 330 ta mahalladan 20 ta mahalla “Kambag‘allikdan holi hududga”, 21 ta mahalla “Ishsizlikdan holi hududga” aylantirildi.
Viloyatdagi monomarkazlar va boshqa o‘quv maskanlari, nodavlat o‘quv markazlarida jami 11819 nafar ishsiz fuqarolar mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 71 turdagi kasb-hunarga, tadbirkorlikka va xorijiy tillarga o‘qitishga jalb etildi.
Shuningdek, 2,4 ming nafar ishsizlarga 11,2 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Paxta va g‘alladan qisqartirilgan yerlar hisobidan 9560 gektar yer maydonlari 24193 nafar aholiga ijara asosida ajratilib, 72 ming aholi bandligi ta’minlandi.
Tadbirkorlik uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va berilayotgan yengilliklar natijasida viloyatda 3796 ta yangi kichik biznes sub’yektlari tashkil etilib, ularning soni 26014 taga yetkazildi.
2023-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga 3 trln so‘m, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 22,5 ming nafar fuqaroga 580,7 mlrd. so‘m kredit mablag‘lari hamda 11,2 mlrd so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari ajratildi.
Viloyatda 4457 ta tadbirkorlik subektlari 335,7 mlrd so‘m soliq imtiyozlaridan foydalandi, ushbu imtiyozlardan foydalanish orqali tadbirkorlik sub’yektlarida 3 mingga yaqin ish o‘rni yaratildi.
Viloyatda byudjet tushumlarini ko‘paytirish, qo‘shimcha manbaalarni aniqlash, xufyona iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilishi natijasida mahalliy byudjetga 2 trln 867,0 mlrd so‘mlik tushumlar ta’minlanib, yillik prognoz 108,0 foizga yoki 216,0 mlrd so‘m mahalliy byudjet ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘ qoldi. Tushum miqdori 2022-yilga nisbatan 1,3 barobarga (602,0 mlrd so‘mga) o‘sdi.
Barcha shahar va tumanlarda belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari rejasi to‘liq bajarilishi ta’minlandi. Shuningdek, 2023-yil davomida xufyona iqtisodiyotning ulushini qisqartirish hisobiga 50,3 mlrd. so‘m qo‘shimcha manbaa aniqlandi.
Turizm sohasida hurmatli Prezidentimizning sohani rivojlantirishga bergan alohida e’tibor va ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2023-yilda viloyatga 158 ming nafar xorijiy va 1406 ming nafar mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatilib, 2022-yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 6 barobarga oshdi (2022-yilda 26,2 ming nafar xorijiy sayyohlar tashrifi kuzatilgan).
Viloyatdagi mehmonxona va oilaviy mehmon uylari soni 210 taga, ulardagi o‘rinlar soni 6227 taga yetkazildi va 2017-yilga nisbatan o‘sish ko‘rsatkichi 11 barobarga oshdi (42 ta mehmonxona, 15 ta dam olish maskani, 37 ta hostel, 111 ta mehmon uylari).
2023-yilda sohada umumiy qiymati 138 mlrd. so‘mlik 44 ta loyihalar (12 ta mehmonxona, 8 ta xostel, 21 ta oilaviy mehmon uyi, 3 ta dam olish maskani) ishga tushirilib, 500 dan ziyod yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Turizm xizmatlari eksporti 39,5 mln doll tashkil qilib, 2017-yilga nisbatan 24 baravarga oshdi.
2023-yilda 24 ta turkompaniyalar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ular soni 49 taga yetkazildi. Turmarshrutlar soni esa soni 50 taga yetkazildi.
2023-yilning boshida viloyatning Xatirchi, Nurota, Navbahor, Karmana, Qiziltepa tumanlarini o‘z ichiga olgan Navoiy “turizm xalqasi”ni tashkil qilgan edik, mazkur yo‘nalish bo‘ylab 750 ming xorijiy va mahalliy turistlar sayohatlari tashkil etildi.
2023-yilda Nurota tumani Sentob qishlog‘i “Turizm qishlog‘i” sifatida tashkil qilindi. Qishloqda 9,4 mlrd so‘m mablag‘lar hisobiga 5 km yo‘l, 2 ta selfi zonasi va boshqa turizm infratuzilmasi yaxshilandi, 2 ta mehmonxona, 20 ta mehmon uylari hamda turizm xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.
Natijada, Butun jahon turizm tashkiloti tomonidan 2023-yilda Sentob qishlog‘i Butun jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambliyasining Samarqand sammitida 2023-yilning “Eng yaxshi turizm qishlog‘i” deb e’lon qilindi.
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan YUNESKO Jahon merosi qo‘mitasining yig‘ilishida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Ro‘yxatda ilk marotaba Navoiy viloyatidan 5 ta madaniy meros ob’yektlari kiritildi.
Navoiy shahridagi Nurafshon ko‘chasida 24/7 soat davomida ishlaydigan “Gastronomik ko‘chasi” tashkil etilib, 2023-yil noyabr oyida mazkur ko‘chada “NAVOI NATIONAL FOOD FEST" festivali o‘tkazildi. Festivalga 15 ming nafar mahalliy aholi hamda 500 dan ortiq turistlar ishtirok etishdi.
Investitsiya dasturlari bo‘yicha viloyatda qiymati 1 mlrd. 707,2 mln dollarlik 707 ta (sanoatda 195 ta, xizmatda 314 ta, qishloq xo‘jaligida 198 ta) loyihalar ishga tushirib, 10,5 ming ta ish o‘rinlari yaratildi.
Ushbu loyihalar hisobiga yiliga 5,4 trln so‘mlik qo‘shimcha ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilib, 50 mln. dollarlik eksport va 33 mln. dollarlik import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish hamda byudjetga 204 mlrd. so‘mlik tushum manbalari shakllandi.
Viloyatda 2018-yilda bor-yo‘g‘i 12,6 mln. dollarlik xorijiy investisiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, uning miqdori 2023-yil yakuni bilan 478,1 mln. dollarga yetkazildi.
Natijada, 2023-yil uchun belgilangan xorijiy investisiyalarni o‘zlashtirish topshirig‘i 101 foizga bajarilib, 2022-yilga nisbatan o‘sish 2 barobarni, 2018-yilga nisabatan esa 38 barobarni tashkil etdi.
2023-yil iyul-avgust oylarida viloyat delegatsiyasi Turkiya va Xitoy davlatlarida xizmat safarida bo‘lib, safarlar yakuni bo‘yicha umumiy qiymati 828 mln. dollarlik jami 31 ta investisiya kelishuvlariga erishildi.
Bugungi kunda, ushbu kelishuvlar o‘z natijasini bermoqda. Xususan, Karmana tumanida “Siangshui Chang Yang Kemikal” kompaniyasi (“Zarafshon Indastrial Texnoloji” MCHJ XK) bilan qiymati 150 mln. dollarlik ftal angidridi, kaustik soda, polialyuminiy xlorid, vodorod peroksidi, antraxinon ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi (bugunga qadar ushbu loyihaga 21 mln. dollarlik xorijiy investisiyalar kiritildi).
Shu bilan birga, 2023-yilning oktyabr oyida Tatariston Respublikasiga oliy darajadagi tashrif davomida Tataristonning “KIP “Master” hamda “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida 20 gektar yer maydonida “Master Navoiy” sanoat parkini tashkil etish yuzasidan kelishuv imzolandi.
Bugungi kunda, sanoat parkini tashkil etish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hamda Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi ishlab chiqilib, tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishilmoqda. Ushbu sanoat parkida umumiy qiymati 200 mln dollardan ortiq bo‘lgan investisiya loyihalari amalga oshiriladi.
2023-yilda hududiy korxonalar tomonidan 176,6 mln dollarlik (sanoat mahsulotlari eksporti 165,8 mln. doll. meva-sabzavot mahsulotlari 10,8 mln doll) mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
Eksportda tayyor mahsulotlar ulushi 24,3 foizni (43 mln dol) tashkil etib, 2022-yilga nisbatan 8 foizga oshdi. 61 ta yangi korxonalar eksportga jalb etilishi hisobiga ularning soni 158 taga yetkazildi, 5 ta yangi eksport bozorlari o‘zlashtirilib, eksport geografiyasi 29 taga yetkazildi.
Shuningdek, “Dji-Es-Pi plyus” doirasida 7 ta davlatlarga 9,1 mln dollarlik eksport amalga oshirildi.
Shu bilan birga 4,3 mln dollarlik 20 turdagi yangi mahsulotlar eksportga yo‘naltirildi.
Eksportchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, 12 ta eksportchi korxonalarni aylanma mablag‘ uchun 5,4 mln. dollarlik imtiyozli kredit ajratildi.