- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati ishchi guruhining tuman va shahar hokimliklari Axborot xizmatlari, shuningdek, ular muassisligidagi gazetalar faoliyati samaradorligini, mavjud kamchiliklar va muammolarni o‘rganish ishlari davom etmoqda. Bugun "nishonga" Karmana tumani hokimligi olindi.
Shoxira Raufboyeva boshchiligidagi ishchi guruh tuman Axborot xizmatiga yaratilgan sharoitlar, xizmat tomonidan amalga oshirilgan, shaffoflikni ta’minlash borasida olib borilgan tizimli ishlarni o‘rganish jarayonida xizmatga "Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-4366-sonli Prezident Qaroriga asosan yaratib berilishi kerak bo‘lgan sharoitlar doirasida avtotransport vositasi ajratilmaganligini aniqladi. Axborot xizmati media vositalar bilan deyarli to‘liq ta’minlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 16 iyunda e’lon qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6247-sonli farmoniga asosan rasmiy veb saytlarda ahamiyatga molik ochiq ma’lumotlar joylashtirilib borilishi zarur. Matbuot kotibi tomonidan bu kabi ma’lumotlarni tizimli ravishda rasmiy veb-saytga kiritib borilmoqda, biroq Karmana tumani hokimligi sayti zamon talablariga to‘liq javob bera olmayotganligi sababli “Ochiq ma’lumotlar” rukni alohida tashkil etishning imkoni yo‘q. Muammo qisqa muddatda bartaraf etilishi belgilandi.
Sal kam 100 yillik tarixga ega "Karmana ovozi" gazetasi hokimlik muassisligida faoliyat yuritadi. Lekin u ham bugun zamonaviy muammo - obuna kamligi "kasalligiga chalingan". Muharrir bilan muloqotda muammoning oldini olish yo‘llari muhokama qilinib, zamon bilan hamnafaslik, axborot tarqatishda tezkorlik muhimligiga urg‘u qaratildi.
"Axborot xizmati, bosma nashrimizning faoliyati samaradorligida hamisha yelkadoshman, Muammolarga qisqa muddatlarda yechim topamiz, deb sizni ishontiraman" - dedi suhbatda tuman hokimi Valijon Adizov.
Bu kabi o‘rganish ishlari kimningdir ishidan kamchilik topish maqsadida emas, balki mavjud kamchiliklarga tez fursatlarda yechim topish uchun amalga oshirilmoqda. O‘rganishlarimiz davom etadi.