- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
№ |
Soha nomi |
I chorak |
II chorak |
III chorak |
IVchorak |
1. |
Navoiy viloyatining demografik holati (2024-yil) |
|
|
|
|
2. |
|
|
|
|
|
3. |
|
|
|
|
|
Viloyatda ijtimoiy sohadagi muammolarni hal etilishi doimiy nazoratda turadi.
Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga viloyatdagi 1311 ta 3-7 yoshdagi 84,2 ming nafar bolalarning 71,0 ming nafari yoki 84,4 foizi qamrab olindi.
154 ta oilaviy nodavlat va 2 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari barpo etilishi natijasida 4438 nafar yangidan bola o‘rni yaratildi.
Viloyatdagi 219 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari 100 foiz toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Umumta’lim maktablarida 2023-yilda 28 ta (3 ta yangi, 1 ta mukammal ta’mir, 24 ta rekonstruksiya) maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, 7968 ta o‘quvchi o‘rni yaratildi. Ushbu maqsadlar uchun 122 mlrd.so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
2023-yilda respublikaning 16,3 mlrd so‘m mablag‘lari hisobidan 133 ta maktabga 2149 dona, mahalliy byudjetdan 720 mln so‘m mablag‘lar hisobiga 8 ta maktabga 120 dona kompyuter texnikalari olib berildi.
Viloyatdagi umumta’lim maktablarida oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ulushi so‘nggi 3 yilda 26 foizdan (5359 nafar) 40 foizga (8427 nafar) yetkazildi.
Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida umumta’lim maktablarini bitirgan 10748 nafar o‘quvchilarning 6797 nafari yoki 63 foizi oliy ta’limga qabul qilindi va bu ko‘rsatkich so‘nggi yillarda Respublikada 1-o‘rinni egallab kelmoqda.
So‘ngi yillarda viloyatda sog‘liqni saqlash sohasida ham sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, so‘nggi 6 yil davomida birlamchi tibbiy yordam muassasalari 128 tadan 246 taga yetkazilib, 2 barobarga oshirildi.
2022-2023-yillarda yangidan 27 ta oilaviy shifokorlik punkti, 2 ta oilaviy poliklinika hamda 123 ta mahalla tibbiyot punktining faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Natijada 300 mingdan ortiq aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yanada yaxshilandi.
2023-yilda aynan birlamchi muassasalar uchun 10 mlrd. so‘mlik tibbiy jihozlar xarid qilindi.
2023-yil davomida viloyatda 1700 nafar bemorda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi. Shuningdek, Bolalar milliy markazi bilan hamkorlikda 59 nafar bolajonlarimiz yurak tug‘ma nuqsonlarini bartaraf qilish borasida jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Xorijlik mutaxassislar ishtirokida viloyatda 32 nafar travmatologik yo‘nalishdagi bemorlarda yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazildi. Nogironligi bo‘lgan 2 ming nafar fuqarolar 2,0 mlrd. so‘mlik 26 turdagi protez-ortopediya va reabilitatsiya vositalari bilan ta’minlandi.
Shu bilan birga, tizimli islohotlar natijasida, tajribali shifokorlar ko‘magida yuqori texnologik amaliyotlar tuman darajasiga tushirildi, misol uchun viloyatning Zarafshon shahri va Qiziltepa tumanlarida buyrak ko‘chirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
Albatta, bu jarayonda soha xodimlarining malakasini oshirish, ularni xalqaro tajriba asosida ish olib borishi muhim o‘rin tutadi.
Shu bois, 2023-yilda 179 nafar tibbiyot xodimlarining xorijda malakasi oshirildi (2022-yilga nisbatan 7 barobar ko‘p).
Shu bilan birga, tibbiy muassasalarni qurish-ta’mirlash va jihozlash ishlari uchun 101,5 mlrd. so‘m (48,3 mlrd so‘m jihozlash uchun) mahalliy hamda 24,4 mlrd. so‘m respublika byudjeti mablag‘lari ajratildi.