KONIMЕX TUMANIDA 25 GЕKTAR MAYDONDA BODOM KO‘CHATLARI EKILMOQDA

Viloyat rahbarining keyingi manzili Konimex tumani "Yuksalish" mahallasida "Chordara" MCHJ tomonidan tashkil etilgan bodomzor bo‘ldi. Ushbu maydonda bodom ko‘chatlarini ekish orqali bog‘ yaratish hamda agrotexnik tadbirlar ko‘zdan kechirildi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, bodom ko‘chati ekilgandan keyin 3–4 yili hosil bera boshlaydi, 12–15 yoshga yetganda hosili ko‘payadi. 35–40 yilgacha hosil beradi. Bodom 60 yildan 400 yilgacha yashaydi. Bir tup bodom daraxti o‘rtacha hosili 8–12 kilogramgacha, ayrim yillari 25–30 kilogramgacha hosil beradi. Sovuqqa ancha chidamli bo‘lib, tinim davrida -20–25 S sovuqqa bardosh beradi.

Ijtimoiy tarmoqlar: