Gʻafforov Elbek Istamovich

Gʻafforov Elbek Istamovich


Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari- investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi rahbari

Telefon: (79)229-62-92

Qabul kunlari: Har haftaning chorshanba kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha

Elektron pochta manzili: info@navoi.uz

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1989-yil 16-may, Navoiy viloyati, Xatirchi tumani

Millati: O'zbek

Ma'lumoti: Ma'lumoti oliy, 2011-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining bakalavr bosqichini tamomlagan.

 

Hokim o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari:

 Investisiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investisiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish;

hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash;

ilmiy va ilmiy-texnikaviy faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy va innovatsion rivojlanishni ta’minlash;

erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish.

Investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va samarali o‘zlashtirish sohasida:

investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlaydi;

investitsiya faoliyati yo‘nalishida hududda boshqaruv tizimini, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida hududda davlat organlari va tashkilotlarining hududiy tuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtiradi, xorijiy investorlarni hududning imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarni rag‘batlantiradi;

investitsiya dasturlarini, jumladan hududiy dasturlarni shakllantirish, jalb etilgan mablag‘larni o‘zlashtirish sohasidagi ishlarni muvofiqlashtiradi;

har haftaning chorshanba kuni hudud bo‘yicha «Investitsiya kuni» tadbirlarini o‘tkazish ishlarini tashkil etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish, salohiyatli investorlarni aniqlash va ular bilan muzokaralar o‘tkazish, investorlarning muammolarini hal qilish bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;

investitsiya loyihalari amalga oshirilishining tizimli monitoringini olib borish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar faoliyatini, investor tomonidan o‘zining investitsiya majburiyatlari to‘liq bajarilishini tahlil qilish, xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilayotgan omillarni aniqlash hamda ularni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish orqali jalb etilayotgan xorijiy investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirish, investitsiya dasturlarini amalga oshirishning sifat va samaradorlik mezonlariga asoslangan baholash tizimini amalda tatbiq etadi;

O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi elchilari va konsullari bilan yaqin hamkorlikda hududda ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ishlar (xizmatlar) eksportini kengaytirish va diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va ilg‘or texnologiyalarini jalb etish, hududning savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va ilmiy-texnik imkoniyatlarini mustahkamlash choralarini ko‘radi;

xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etish uchun investitsiya takliflarining yagona bazasini shakllantirish va yangilash jarayonini muvofiqlashtirishni ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida yaratilgan investitsiya muhiti, shu jumladan investitsiya kiritish jarayonining asosiy tartib-taomili masalalari, shuningdek, amalga oshirish taklif etilayotgan investitsiya takliflari to‘g‘risidagi axborotni salohiyatli investorlar va kreditorlarga yetkazadi;

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish borasida loyiha institutlari hamda respublika tashkilotlari bilan samarali hamkorlikni tashkil etadi;

hududning ishlab chiqarish salohiyati va investisiyalarga bo‘lgan ehtiyoji, oldindan hisob-kitob qilingan aniq loyihalar hamda salohiyatli investorlar uchun qiziqish uyg‘otadigan boshqa axborot aks ettirilgan hududning interfaol investisiya xaritasini ishlab chiqish hamda uning faoliyatini ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;

moliyalashtirishning turli manbalari, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan hududning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasini yuksaltirish hamda muvozanatli rivojlantirish sur’atlarining investitsiya resurslariga bo‘lgan ehtiyojlar bilan bog‘liqligini ta’minlashga doir takliflarni ishlab chiqadi;

investitsiya dasturlari doirasida mablag‘lar jalb etilishi hamda o‘zlashtirilishi bo‘yicha belgilangan prognoz parametrlarning bajarilishi uchun tizimli va qat’iy nazoratni tashkil qilish, shuningdek, investitsiya loyihalarini amalga oshirish holatini kompleks tahlil qilish hamda monitoring davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar kiritadi;

hududiy investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishini, yuritilishini hamda muntazam yangilanishini ta’minlaydi;

Hududning eksport salohiyatini oshirish, mahalliy korxonalar mahsulotlarining eksport hajmlari, nomenklaturasi hamda geografiyasini kengaytirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqish hamda ularning ijrosini ta’minlash sohasida:

hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishini ta’minlash, korxonalarning, shu jumladan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

hududiy eksport shtablarining faoliyatini boshqaradi, hududiy korxonalarning eksport mahsulotlari va eksportchilari bo‘yicha ma’lumotlar bazasining yuritilishini ta’minlaydi, mahalliy korxonalarga eksportni tashkil etishda ko‘maklashadi;

hududiy korxonalar eksport prognozining bajarilishi holati bo‘yicha monitoring olib borish, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qilish va korxonalar eksportini jadallashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqadi;

hududiy korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganish asosida ularning mavjud eksport zaxiralarini aniqlash va ulardan samarali foydalanishni tashkil etadi;

hududiy korxonalarga eksport salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etishda ko‘maklashadi, shunday tadbirlarni hududda tashkil etadi va o‘tkazadi;

eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklarining eksportoldi kreditlari bo‘yicha kompensatsiya taqdim etishni tashkillashtiradi va muvofiqlashtiradi;

Ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash sohasida:

hududda ilmiy va ilmiy-texnik faoliyatni amalga oshirish, ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishni ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratadi, ilm-fan, innovatsion faoliyat va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytiradi;

hududda ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish o‘rtasida integratsiyani kuchaytirish asosida hududning ilmiy salohiyatini va innovatsion rivojlantirishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni amalga oshiradi;

innovatsion loyihalar-startaplarni ishlab chiqish, sinovdan o‘tkazish va o‘zlashtirish, innovatsion faoliyat natijalarini transfer qilish va tijoratlashtirishni amalga oshiruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar markazlari bilan hamkorlikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda innovatsiyalar va ilg‘or yuqori texnologiyalarni joriy qilish uchun zarur shart-sharoit yaratishga qaratilgan izchil chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududning barcha tumanlarida innovatsion faoliyatni yuritish, yangi innovatsion texnologiyalarga asoslangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtiradi;

ilm-fan sohasini va innovatsion rivojlantirishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish, ularning bajarilishi yuzasidan nazorat o‘rnatish, shuningdek, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan ilmiy va innovastion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur investitsiyalarni jalb etadi;

hududda innovatsion infratuzilmani shakllantirish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan ilmiy-tajriba tashkilotlari, yuqori texnologiyalar markazlari va texnologik parklar faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi;

yoshlarni ilm-fan va innovatsion faoliyatga jalb qilish, yosh olimlarning ilmiy va innovatsion ishlanmalarini ishlab chiqarishga joriy etish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlarni olib boradi;

respublika olimlarining ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalari hamda ishlanmalari uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buyurtmalari portfelini shakllantiradi;

Erkin iqtisodiy zonalarni rivojlantirish hamda eksportbop va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish uchun sharoitlar yaratish sohasida:

hududda erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etish masalalaridagi faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, erkin iqtisodiy zonalarning ma’muriy kengashlariga tashqi bozorlarda talab bo‘lgan va import o‘rnini bosuvchi yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etishga ko‘maklashadi;

sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash sohasida yangi zamonaviy ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi, shu jumladan mahalliy xom ashyo va materiallar negizida yuqori texnologiyali mahsulotlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha hududdagi erkin iqtisodiy zonalarda joylashtirilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;

investitsiya loyihalarini tahlil qilishda, erkin iqtisodiy zonalar hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

erkin iqtisodiy zonalarni, hududning mavjud ishlab chiqarish va resurs salohiyatini hisobga olgan holda, mahalliy xomashyo va materiallarni mahalliylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish hamda ulardan foydalanish asosida ularda yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlaydigan loyihalarni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar va dasturlarni shakllantiradi;

erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarni amalga oshiruvchi investorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ular tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlarni eksportga yetkazib berishni ko‘paytirish maqsadida qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

Kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirish sohasida:

kichik sanoat zonalari ma’muriy kengashlari va direksiyalarining, jumladan, mahalliy tadbirkorlik subyektlarini jalb etish masalalarida faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda samaradorligini tahlil qiladi, kichik sanoat zonalarining ma’muriy kengashlariga raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishni tashkil etishda ko‘maklashadi;

kichik sanoat zonalarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mahalliy investorlarni jalb etishda ko‘maklashadi, zarur infratuzilma obyektlarini rivojlantirish orqali ulardan samarali foydalanishni ta’minlaydi;

hududlardagi foydalanilmayotgan korxonalar negizida va bo‘sh turgan yer uchastkalarida tashkil etilgan kichik sanoat zonalariga joylashtirilgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan investitsiya majburiyatlarining bajarilishi monitoringi olib borilishi va tahlil qilinishini tashkil etadi;

kichik sanoat zonalari hududida transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni va ulardan samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;

kichik sanoat zonalari faoliyatini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun qonun hujjatlarini yanada takomillashtirishga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;

kichik sanoat zonalarining samarali faoliyatini tashkil etish, ularda raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlar va kichik korxonalarni rivojlantirishni ta’minlaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar: