Sulaymonov Rustam Davutovich

 

SULAYMONOV RUSTAM DAVUTOVICH

Navoiy viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari

Telefon-faks: (79) 229 62-50.

Qabul kunlari: Har haftaning dushanba kuni soat 9:00 dan 11:00 gacha.

Elektron pochta manzili: info@navoi.uz

Tug‘ilgan sanasi va joyi: 1982-yil, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy, bank ishi, iqtisodchi.

 

MEHNAT FAOLIYATI:

2002-2005 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Chilonzor filiali kassir, buxgalter-nazoratchi, Toshkent viloyati filiali yetakchi mutaxassisi

2005-2006 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki Toshkent viloyati filiali

Ssuda muomalasi bo‘limi bosh mutaxassisi, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo‘limi bosh mutaxassisi

2006-2006 yy. - O‘zbekiston Respublikasi inkassatsiya birlashmasi Toshkent viloyat inkassatsiya boshqarmasi pul tushumini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassisi

2006-2007 yy. - O‘zbekiston Respublikasi inkassatsiya birlashmasi pul tushumini nazorat qilish - inkassatsiya ishini tashkil etish boshqarmasi bosh mutaxassisi, pul tushumini nazorat va tahlil qilish boshqarmasi bosh mutaxassisi

2007-2009 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti pul muomalasini tartibga solish bo‘limi bosh iqtisodchisi

2009-2010 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti naqd pul mablag‘lari berilishini monitoringi bo‘yicha maxsus boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2010-2013 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti pul muomalasini tashkil etish va tartibga solish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

2013-2015 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul muomalasi departamenti direktori o‘rinbosari

2015-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.v.b.

2016-2016 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari

2016-2017 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i v.b

2017-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Navoiy viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i

2020-2024 yy. - «Mikrokreditbank» aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari

2024 y. - h.v   - Navoiy viloyati hokimining moliya - iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari

 

Hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarining asosiy vazifalari va funksiyalari:

hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash;

hududlarda «mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish;

hududning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga erishishini ta’minlash;

iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari ish faoliyatini muvofiqlashtirish;

soliq-byudjet siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlash, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini mustahkamlash, «xufyona iqtisodiyot»ni kamaytirish choralarini ko‘rish;

xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish, hududda bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlardan samarali foydalanishni ta’minlash;

ishlab chiqarish va mehnat resurslarini oqilona joylashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

aholining turmush darajasini va sifatini oshirish hamda ularning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash.

Birinchi o‘rinbosar o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

hududlarning kompleks iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanishini ta’minlash sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi hujjatlarida belgilanadigan iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasining eng muhim ustuvor vazifalariga muvofiq hududni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning o‘ta muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha yaqin, o‘rta va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan konsepsiyalar, davlat dasturlari loyihalari, hududni kompleks rivojlantirish dasturlari hamda «yo‘l xaritalari»ning tayyorlanishini tashkil etadi va ijrosini ta’minlaydi;

respublika miqyosida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan maqsadli dasturlar ijrosini ta’minlash choralarini ko‘radi;

iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy sohasini kompleks rivojlantirish dasturlarining moliyaviy manbalarini aniqlagan holda mahalliy byudjet parametrlari bilan uzviy bog‘liq tarzda ishlab chiqish va so‘zsiz amalga oshirishni ta’minlaydi;

hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni ta’minlash borasida tegishli vazirlik, idora va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatining aniq ko‘rsatkichlari hamda maqsadli indikatorlarini ishlab chiqadi, natijalarini baholab boradi va ularni yaxshilash choralarini ko‘radi, rahbarlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini yaxshilash orqali mamlakatda kambag‘allikni qisqartirish borasida maqbul siyosatni amalga oshirish tizimini joriy etadi;

raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashni amalga oshirish choralarini ko‘radi;

ishlab chiqarilgan mahsulotlarni, narx konyunkturasini o‘rganadi va tahlil qiladi, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirish hamda ularning yangi bozorlarda sotilishini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

hududlarda «mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida:

hududda «mahallabay» ishlash tizimini amaliyotga joriy etish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni (ixtisoslashuv yo‘nalishlarini) aniqlash va yangi tadbirkorlik, shu jumladan «drayver» loyihalarini amalga oshirishda tashabbuskorlarga ko‘maklashadi va shu orqali iqtisodiy o‘sishni ta’minlaydi;

oilalarning daromad manbalarini, shu jumladan tomorqa yerlaridan foydalanish hamda daromadli mehnatga bo‘lgan intilishi va ehtiyojlarini «xonadonbay» o‘rganadi;

band bo‘lmagan aholining, ayniqsa ishsiz yoshlar va xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish orqali, ularni kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘rgatuvchi kurslarga yo‘naltirish va mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish borasida amaliy ko‘maklashadi;

yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslari, startap loyihalari va g‘oyalarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan kreditlar ajratilishida ko‘maklashish;

mavjud imkoniyatlarni (bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan yer maydonlari, noruda foydali qazilmalar va bandlikning an’anaviy sohalari) o‘rganish va ulardan samarali foydalanish orqali joylarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash choralarini ko‘radi;

banklarning samaradorlik va daromadlilik tamoyillaridan kelib chiqib, tadbirkorlarga sifatli xizmat ko‘rsatish, maslahat berish va biznes-rejalarni tayyorlash uchun bankning quyi bo‘g‘in xodimlarini to‘liq qayta tayyorlash orqali mijozga yo‘naltirilgan xizmat ko‘rsatish («mijozbay» ishlash) tizimini takomillashtirish yuzasidan kompleks tadbirlarni amalga oshiradi;

joylarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘siq bo‘layotgan (qurilish uchun ruxsat berish, turli xil faoliyatlar uchun litsenziya olish, bo‘sh bino va yer maydonlarini tadbirkorlik uchun ajratish, kommunikatsiya tizimlariga ulanish) muammolarni tezkorlik bilan hal etadi;

mahallalarda tadbirkorlik, investitsiyaviy va raqobat muhitini yaxshilash hamda «drayver» loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha har bir sektorlar huzurida sektor rahbarlari boshchiligida tashkil etilgan boshqaruv ofislari va doimiy vakillarning faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;

hududlarning belgilangan asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlariga erishishini ta’minlash sohasida:

hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan yalpi hududiy mahsulot, sanoat, investitsiya, xizmat ko‘rsatish, chakana savdo aylanmasi, eksport, inflyatsiya, bandlik, mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlari asoslangan holda ishlab chiqilishini ta’minlaydi;

ishlab chiqilgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning samarali ijrosini tashkil qiladi;

debitor-kreditor qarzdorliklar yuzaga kelishining oldini olish yuzasidan tizimli ishlarni amalga oshiradi, qarzdorlikni bartaraf qilishning samarali usullarini joriy etadi;

Birinchi o‘rinbosarning huquqlari va javobgarligi

hududni iqtisodiy, ijtimoiy va tadbirkorlik sohasida kompleks rivojlantirish bo‘yicha qarorlar, dasturlar va «yo‘l xaritalari»ni ishlab chiqish, ijrosini tashkil etish;

hududning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarini, shu jumladan mahalliy byudjetning har yilgi prognoz parametrlarini ishlab chiqish, ijrosini doimiy tahlil qilib borish, mavjud muammolarni hal etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rish;

iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha tegishli vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari faoliyatini doimiy nazorat va tahlil qilish;

vazirliklar, idoralar va tijorat banklarining hududiy tuzilmalari, tuman va shaharlar hokimliklarining iqtisodiy-ijtimoiy hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bo‘yicha hisobotlarini muhokama qilish;

Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni amalga oshirish borasida tegishli idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish;

qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish hamda ular faoliyati erkinligining kafolatlarini ta’minlash yuzasidan zarur choralarni ko‘rish;

kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari ish yuritishi uchun tegishli resurslar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, ularning o‘z faoliyatini boshlashlari uchun belgilangan tartibda bank kreditlarini olish, elektr energiyasi tarmoqlariga ulanish va boshqa shu kabi muammolarini hal etish yuzasidan choralar belgilash va ijrosini nazorat qilish.

 Birinchi o‘rinbosar tomonidan faoliyati muvofiqlashtirib boriladigan davlat organlari va tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari ro'yxati

  1. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi
  2. Moliya bosh boshqarmasi
  3. Gʻaznachilik boshqarmasi
  4. Bandlik bosh boshqarmasi
  5. Davlat soliq boshqarmasi
  6. Bojxona boshqarmasi
  7. Statistika boshqarmasi
  8. Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasining hududiy boshqarmasi
  9. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi
  10. Davlat moliyaviy nazorat boshqarmasi
  11. «O‘zbekiston respublika tovar xom ashyo birjasi» AJ hududiy filiali
  12. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hududiy filiali
  13. Hokimlik huzuridagi «Yangi ish o‘rinlari tashkil etishni rag‘batlantirish» hududiy jamg‘armasi
  14. Kadastr agentligining hamda Agentlik huzuridagi Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari
  15. Davlat ulushiga ega bo‘lgan barcha tijorat banklarining hududiy tuzilmalari
  16. Boshqa tijorat banklarining hududiy tuzilmalari — bank tizimi barqarorligini ta’minlash, isloh qilish, xorijiy kreditlar va qarzlarga xizmat ko‘rsatish masalalari yuzasidan
  17. Vazirliklar va idoralar, xo‘jalik birlashmalari, korxonalar va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari — iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlar: