Tursunov Normat Tulkunovich

TURSUNOV NORMAT TULKUNOVICH

Navoiy viloyati hokimi

Telefon:  (79) 229 62-06

Faks:      (79) 229 62-80

Qabul kunlari: Har oyning ikkinchi va to'rtinchi shanba kuni soat 10:00 dan 12:00 gacha

Elektron pochta manzili: info@navoi.uz

Tug'ilgan sanasi va joyi: 1972-yil, Toshkent viloyati, Chinoz tumani

Millati: O'zbek

Ma'lumoti: Oliy, 1994 yilda Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti (kunduzgi), 1999-yil Toshkent moliya instituti (sirtqi)  

Mehnat faoliyati

1994-1997 yy. - Toshkent shahri Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Davlat korxonalaridan soliq undirish shoʻbasi davlat soliq inspektori 

1997-2000 yy. - Toshkent shahri Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Huquqiy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq katta inspektori, davlat soliq bosh inspektori 

2000-2000 yy. - Toshkent shahri Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Huquqiy shaxslarni byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarni nazoratga olish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori 

2000-2003 yy. - Toshkent shahri Uchtepa tumani davlat soliq inspeksiyasi Huquqiy shaxslarni byudjetga to‘lanadigan to‘lovlarni nazoratga olish bo‘limi Nazoratni amalga oshirish shoʻbasi boshlig‘i 

2003-2009 yy. - Toshkent shahri davlat soliq boshqarmasi Eksport-import va valyuta operatsiyalarini nazorat qilish bo‘limi davlat soliq bosh inspektori, davlat soliq bosh isnpektori-bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari 

2009-2010 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Yuridik shaxslar tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonunlar bajarilishini nazorat qilish bosh boshqarmasi Bevosita soliqlar boshqarmasi Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘limi boshlig‘i, monitoringi boshqarmasi Bilvosita soliqlar bo‘limi boshlig‘i, Aksiz va qo‘shilgan qiymat soliqlari tushumlarini monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i

 2010-2013 yy. - Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

 2013-2015 yy. - Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari 

2015-2017 yy. -  Navoiy viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i 

2017-2018 yy. -  O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari 

2018-2021 yy. -  Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i 

2021-2022 yy. - Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi 

2022 y.  -  h.v. - Navoiy viloyati hokimi

Majburiyatlari


Viloyat hokimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari va Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan hujjatlar, mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari bilan fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari o‘rtasidagi aloqalarni, aholini viloyatni boshqarishga jalb etishni ta’minlaydi;
o‘ziga berilgan vakolatlar doirasida tegishli hududda joylashgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, birlashmalar, shuningdek mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ijro etilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq deputatlari viloyat Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;
jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;
viloyatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat mahalliy byudjetining tegishli loyihasini, shuningdek uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni xalq deputatlari viloyat Kengashiga taqdim etadi;
xalq deputatlari viloyat Kengashiga viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisobotlar taqdim etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishilgan holda viloyat hokimining o‘rinbosarlari, tuman va shahar hokimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi. Ushbu masalaga doir qabul qilgan qarorlarini tegishli Kengashlarning tasdig‘iga kiritadi;
hokimlik tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
berilgan vakolatlari doirasida viloyat tashkilotlari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va amaldagi tartibga asosan viloyat Kengashi tasdig‘iga kiritadi. Shuningdek, tegishli boshqarma, korxona va tashkilotlar rahbarlarini lavozimga tayinlash bo‘yicha respublika idoralariga takliflar kiritadi;
quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, qonunlariga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari viloyat Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;
rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tuzilmasi bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;
xalq deputatlari viloyat Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;
davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;
respublika va xorijda viloyatning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;
qonun hujjatlarida belgilanadigan alohida soliqlar bo‘yicha belgilangan stavkalarga hududlarning hamda faoliyatni amalga oshirish joyining xususiyatlarini inobatga olgan holda pasaytiruvchi va oshib boruvchi koeffitsiyentlarni kiritadi;
aholini qabul qilishni tashkil etadi, jismoniy va yuridik shaxslarning shikoyat, ariza va takliflarini qarab chiqadi, “Xalq qabulxonalari”ning faoliyat ko‘rsatishiga har tomonlama ko‘maklashadi;
zarurayatga qarab, ammo bir yilda kamida ikki marta xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasini chaqiradi, sessiyani olib boradi, uning hujjatlarini imzo qo‘yib tasdiqlaydi;yangi texnologiyalar va texnikalarni joriy qilish orqali iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, bunda yangiliklarni o‘zlashtirishga yuqori darajadagi qobiliyatli ilmiy va intellektual salohiyatdan samarali foydalanish choralarini ko‘radi;
davlat strategik va safarbarlik zaxiralarini shakllantirishni, shu jumladan, ularni to‘plash, saqlash va yangilab borishni, shuningdek davlat strategik va safarbarlik zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkorlik bilan foydalanishga doimiy tayyor bo‘lishni ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini delimitatsiya, demarkatsiya va redemarkatsiya qilish, chegaralar yaqinidagi muammolarni hal etish, nolegal migratsiyaga qarshi kurashish, respublika hududiga tovarlar va kontrafakt mahsulotlarni noqonuniy olib kirish masalalari bilan bog‘liq tadbirlarni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
Hokim rejalashtirish, byudjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq-tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Navoiy viloyati hokimligi boshqaruv apparati to‘g‘risidagi Nizom va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq ish ko‘radi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: