Xitoy ishbilarmon doira vakillari Navoiyda

Yodingizda bo‘lsa, viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiyasi Xitoyga tashrifi jarayonida Guansi-Chjuan avtonom hududining Qishloq xo‘jaligi departamenti rahbariyati bilan uchrashgani haqida xabar bergandik. Uchrashuvda viloyat rahbari xitoyliklarni hududimizga taklif qilib, qishloq xo‘jaligi, baliqchilik, kadrlar tayyorlash, oliy ta’lim, cho‘llanishning oldini olish, iqlimimizga mos o‘simlik turlarini o‘zlashtirish yo‘nalishlarida hamkorlik bo‘yicha bitimlarga erishishni taklif qilgandi.

Taklifga asosan bugun Guansi-Chjuan avtonom hududi delegatsiyasi Navoiyga tashrif buyurdi. Ular bilan viloyat hokimining o‘rinbosarlari Elbek G‘afforov va San’atilla Hikmatovlar, shuningdek tegishli mas’ullar uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida viloyatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xususan, suv tejash texnologiyalarini joriy etish orqali cho‘llanishning oldini olish, issiqlikka chidamli va cho‘llarda o‘sadigan o‘simliklarni o‘zlashtirish, urug‘chilikni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, xususan, chorvachilikda (yirik va mayda shoxli), pilla yetishtirish va ipakchilik, meva-sabzavotchilik, ta’lim, kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: