- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov shaharda aholi bayramni munosib kutib olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda savdo yarmarkalaridagi narx-navo bilan tanishib, fuqarolar bilan suhbatda bo‘ldi.
Viloyat rahbari tegishli mas’ullar bilan birgalikda markaziy maydonda qad rostlagan balandligi 30 metrli “Yangi yil archasi” atrofini ko‘zdan kechirar ekan, hudud ozodaligi, tartib-intizomni ta’minlash hamda xavfsizlik choralariga alohida e’tibor qaratish kerakligini mutasaddilarga ta’kidladi.
Ushbu manzil aholi va shahrimiz mehmonlari uchun haqiqiy bayram kayfiyatini ulashadigan holatda saqlanishi lozimligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.