Vengriyaning Debretsen universiteti bilan 2+1 qoʻshma taʻlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi

Navoiy davlat universiteti turli mamlakatlar bilan zamonaviy taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ularni mustahkamlash maqsadida tizimli ishlarni olib bormoqda.

Xususan, joriy yilning avgust oyida Navoiy davlat universiteti va Debretsen universiteti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga koʻra har ikkala tomon oʻrtasida taʼlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish kabi muhim vazifalar oʻrin olgan.

Dunyoning top-500 talik reytingiga kiruvchi Debretsen universiteti Vengriyadagi eng qadimgi oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi. Bugungi kunda universitetda qariyb 28,5 ming talaba tahsil oladi. Shundan 6 ming nafari xalqaro talabalardir. Oliygohda 2000 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va 5000 ga yaqin akademik bo‘lmagan xodimlar faoliyat yuritadi. Universitetda Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat, atrof-muhitni boshqarish fakulteti, Stomatologiya, Iqtisodiyot va biznes, Tibbiyot, Informatika, Huquq, Musiqa, Farmatsevtika, Fan va texnologiya, Jamoat salomatligi fakulteti, Muhandislik, Bolalar va maxsus ehtiyojlar taʼlimi fakultetlari faoliyat olib bormoqda.

Hamkorlik bitimiga asosan Navoiy davlat universiteti va Vengriyaning Debretsen universiteti oʻrtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda taʼkidlanganidek, maktabgacha taʼlim yoʻnalishi talabalarning 2+1 qoʻshma taʼlim dasturi asosida oʻqitilish yoʻlga qoʻyiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar: