- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash, chorvachilik sohasida naslli qoramollarni olib kelish va chorva mollari zotini yaxshilash bo‘yicha xorij tajribasini o'rganish maqsadida Konimex tumani hokimi Ruslan Ro'ziyev, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi vakillaridan iborat delegatsiya ayni vaqtda amaliy safar bilan Mo'g'ulistonda bo'lib turibdi.
Safarning birinchi kunida Yaylovlarni rivojlantirish assotsiatsiyasida samarali muzokaralar o‘tkazildi va o‘zaro hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollari muloqotlarning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Uchrashuvda yaylovlar degradatsiyasining oldini olish, ularni yaxshilash, naslli chorva mollarini ko'paytirish va muvozanatga keltirish bo'yicha kelishuvlar o'tkazildi.