NORMAT TURSUNOV NAVOIY VILOYATI HOKIMI LAVOZIMIGA TASDIQLANDI

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya viloyat saylov komissiyasi raisining joriy yil 27 oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risida axborot berilishidan boshlandi.

    

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi raisligiga 30-Tamabaxrin saylov okrugidan saylangan deputat Aliyev Gʻofir Quvatovich saylandi. Sessiyada xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari ro‘yxatdan o‘tkazilib, viloyat Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi.

Qonunchilikka asosan, viloyat hokimi lavozimiga nomzod Prezident tomonidan ko‘rsatilib, partiya guruhlari bilan maslahatlashuv o‘tkaziladi. Bugungi sessiya davomidagi maslahatlashuv natijalariga ko‘ra, Tursunov Normat Tulkunovich bir ovozdan Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar: