- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Viloyat hokimi Normat Tursunov rahbarligida bo‘lib o‘tayotgan apparat yig‘ilishi kun tartibidan 4 ta asosiy masala o‘rin olgan bo‘lib, dastlab Navoiy viloyatiga davlat rahbarining tashrifi doirasidagi muhim vazifalar va qilinishi lozim bo‘lgan topshiriqlar bo‘yicha kelishib olindi.
Shuningdek, har oyda sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari hamda tegishli mas’ullar doimiy ravishda hisobot berib borishlari ta’kidlandi.
Ijro intizomini mustahkamlash, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlar, edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosi tahlil etilib, so‘rov qattiq bo‘lishi hamda barcha rahbarlar mas’uliyat bilan yondashishi kerakligi uqtirildi.
Apparat yig‘ilishi davomida Navoiy shahridagi 22-maktab tajribasini ommalashtirish, barcha tuman va shahar maktablarida ta’lim, san’at, kasb-hunar, chet tillariga chuqur o‘rgatish bo‘yicha namunali maktablar faoliyatini yo‘lga qo'yish bo‘yicha topshiriq berildi. Tegishli mas’ullarning ta’lim maskaniga kelib, o‘rganib ketishlari bo‘yicha vazifa belgilab berildi.
Maktab ta’limi sohasidagi islohotlar barchaning birdek vazifasi bo‘lishi kerakligi ta’kidlandi.
Aholi bandligini ta’minlash, migrantlar bilan ishlash hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan sektor va mas’ullarning hisoboti tinglandi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan yig‘ilishda vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan rahbarlar qattiq ogohlantirildi.