Navbatdagi apparat yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

Normat Tursunov raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda eksport prognozining ijrosi hamda xorijiy investitsiyalarni o‘zlashtirish bo‘yicha qilingan choralar ham ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, apparat yig‘ilishida navbatdagi jiddiy masala kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, ijtimoiy soha muassasalarini qishga tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda berilgan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan mas’ullar, shahar va tuman hokimlarining hisobotlari tinglandi.

Bundan tashqari, paxta-yig‘im terimining borishi, kuzgi boshoqli don va to‘qsonbosti ekinlarini ekish hamda takroriy ekinlarni yig‘ishtirib olish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan olib borilgan ishlar tahlil etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: