- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun Navoiy shahridagi “Kimyogar” sport majmuasida tog‘-kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, energetika, qurilish materiallari va elektrotexnika sohalariga ixtisoslashgan Navoiy viloyati hududiy tarmoqlararo sanoat yarmarkasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Rustam Sulaymonov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Mahalliylashtirish dasturi bilan uyg‘un kechayotgan sanoat kooperatsiyasi ichki imkoniyatlarni ishga solish, tezkor yangi zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish orqali ustuvor tarmoqlarning xalqaro va mintaqaviy hamkorlik doirasida ham har jihatdan o‘z ta’sir darajasini kuchaytirish kafolatidir.
Navoiy viloyatida sanoatni jadal rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini kengaytirish hamda importni optimallashtirish borasida bir qator ijobiy va samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda, viloyatda 2800dan ortiq sanoat korxonalari va 240 ga yaqin xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar samarali faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2022 yilda 84,4 trillion so‘mni, 2023 yilda esa 101,6 trillion so‘mni tashkil etib, 106,7 foizga o‘sishi ta’minlandi, joriy yil yakuni bilan ishlab chiqarish hajmi 117,1 trillion so‘mga yetkazilishi kutilmoqda. Shuningdek, hududiy sanoat korxonalarining joriy yildagi o‘sish sur’ati 122 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, viloyatdagi sanoat korxonalarining o‘zaro kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha olib borilgan sa’y-harakatlari hamda “shatakka olish” mexanizmi bo‘yicha tarmoq korxonalar tomonidan kichik korxonalar qo‘llab-quvvatlanayotganligi hisobiga, 2023 yilda korxonalar o‘rtasida qo‘shimcha 780 mlrd so‘mlik mahsulotlar savdosi amalga oshirildi, - deydi o‘z so‘zida Rustam Sulaymonov.
Yarmarka 17-18 oktyabr kunlari davom etadi.