Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada fan-taʼlimning dolzarb masalalari muhokama qilindi

Navoiy davlat pedagogika institutida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti tomonidan “Milliy qadriyatlar dialektologik atlasi — tarixni oʻrganishda muhim manba” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.

Konferensiyada qardosh Ozarbayjon Respublikasi Nasimiy nomidagi Tilshunoslik institutining filologiya fanlari nomzodi, dotsent Xadicha Xaydarova, institut ilmiy izlanuvchisi Sevinch Safarova hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim muassasalaridan Baxtiyor Mengliyev, Juliboy Eltazarov, Murodqosim Abdiyev, Atoullo Ahmedov kabi olimlar offlayn formatda, shuningdek, onlayn formatda Turkiy davlatlardan olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy soha vakillari ishtirok etishdi.

Anjuman ishida Oʻzbekiston-Ozarbayjon taʼlim tizimini integratsiyalashuvi, hamkorligi, taʼlimdagi muammo va ularning yechimlariga qaratilgan ilmiy qarashlar muhokoma qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: