- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
“El-yurt umidi” jamg‘armasi Vasiylik kengashining joriy yil 14-oktyabrdagi qaroriga asosan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida munosib qatnashgan va yuqori ballar to‘plagan 22 nafar viloyatimiz yoshlari “Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etildi.
Jamg‘arma ma’lumotlariga ko‘ra stipendiatlarimizning 9 nafari Amerika qo‘shma shtatlarida, 6 nafari Buyuk Britaniyada, Italiya, Avstraliya, Germaniyada 2 nafardan, Avstraliya, Kanada va Chilida 1 nafardan yoshlarimiz yuqoridagi davlatlarning nufuzli universitetlarida ta’lim olishadi.
“Jamg‘arma stipendiati” deb e’tirof etilgan, tanlovda munosib ishtirok etib, o‘zining bilim va salohiyatini to‘la namoyon etgan barcha nomzodlarni yuksak ishonch va e’tirof bilan tabriklab qolamiz.