- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Viloyat hokimi bugun Karmana tumanidagi ishlab chiqarish obyektlari, xususan "Zarafshon Industrial Technology" MCHJ xorijiy korxonasida bo‘lib, chet ellik investorlar bilan suhbatda bo‘ldi.
Xitoylik sarmoyadorlar tomonidan tashkil etilgan yillik quvvati 330 ming tonna sulfat kislotasi ishlab chiqarish liniyasi tez kunlarda faoliyatini boshlashi rejalashtirilgan. Qolaversa, Kaustik soda va ftalotsianin ishlab chiqarish liniyalari qurilishi boshlangan bo‘lib, kelgusi yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi, shuningdek, chiqindi bug‘lardan soatiga 15 megavatt elektr energiyasi olish ko‘zda tutilgan.
MCHJ faoliyatida 300 nafardan ortiq ishchi-xodimlar bandligi ta’minlanadi.
Viloyat hokimi investor bilan suhbatda mavjud kamchilik va muammolar, sarmoyadorning taklif va talablari to‘g‘risida batafsil muloqot qildi.