- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati pedagogik mahorat markazini zamonaviy qiyofaga keltirish, ta’lim sifatini yangi darajaga ko‘tarish, uning innovatsion shakllari va usullarini joriy etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, navoiylik o‘qituvchilarga munosib sharoit yaratish, malaka tizimini mazmunan boyitish maqsadida viloyat rahbari Normat Tursunov Toshkent shahridagi yaqinda kapital ta’mirdan chiqarilib, foydalanishga topshirilgan Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida bo‘ldi.
Viloyat hokimi tegishli mas’ullar bilan birgalikda inklyuziv ta’lim va psixolog xonalari, media studiyada videodarslar tasvirga olinish jarayonlari, shuningdek, konferensiya zali, kompyuter va seminar xonalari, oshxona va boshqa sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.