- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish orqali aholi turmush darajasini yaxshilash, real daromadini oshirish va bandligini ta’minlash ustuvor vazifa etib belgilangan.
Xususan, viloyat rahbari Normat Tursunovning tadbirkorlar bilan uchrashuvlari tez-tez tashkil etilib, soha vakillarining murojaatlari tinglanmoqda hamda faoliyatida uchrayotgan muammolar tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida muhokama etilmoqda.
Bugun ham viloyat hokimining Navoiy shahridagi Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida tadbirkorlikka keng yo‘l ochib berish va ishbilarmonlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ochiq muloqoti bo‘lib o‘tmoqda. Unda ellikdan ortiq tadbirkorlar ishtirok etmoqda.
Shuningdek, yangi zamonaviy loyihalarni amalga oshirish, hududning foydalanilmayotgan iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslar ilgari surilmoqda.