- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimligi Axborot xizmati va AOKA viloyat boshqarmasi hamkorligida viloyat tashkilot va muassasalari matbuot kotiblari hamda jurnalistlar uchun seminar tashkillashtirildi.
Bugungi kunda davlat va jamiyat o‘rtasida sifatli muloqotni yo‘lga qo‘yish, aholiga islohotlarning maqsadi, vazifalari va natijalari haqida tezkor, xolis va to‘liq axborot yetkazishda tuman (shahar) hokimliklari, korxona va tashkilot axborot xizmatlarining o‘z o‘rni bor.
Unda hozirgi kunda axborot siyosati masalasida mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, hamkorlikda ishlash istiqbollari toʻgʻrisida soʻz yuritilmoqda.
Tadbirni viloyat hokimi matbuot kotibi-Axborot siyosati masalalari boʻyicha maslahatchisi Shohira Raufboyeva va AOKA viloyat boshqarma boshligʻi Dilshod Mamarajabovlar olib bordi.