TASHABBUSLI BUDJET LOYIHALARINING QURILISHI JARAYONLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov ayni damda Nurota tumanida bo'lib turibdi. Ilk manzil - “Tashabbusli budjet” jarayonlarida gʻolib deb topilgan loyihaning qurilish maydoni.

Viloyat rahbari "Avazsoy" MFY Ajrim qishlog'ida joylashgan 40-umumtaʼlim maktabida ochiq sunʼiy qoplamali futbol maydoni qurish hamda maktab binosining tashqi fasad qismini taʼmirlash ishlarini koʻzdan kechirdi.

Shuningdek, mazkur muassasada olib borilayotgan qurilish, obodonlashtirish ishlarini sifatli va kamchiliksiz bajarish hamda muddatida topshirish kerakligi yuzasidan quruvchi tashkilot mutasaddilariga koʻrsatmalar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlar: