PAXTA TЕRIM MASHINALARI AFZALLIKLARI NIMADA?

Navbahor tumanida 2023-yilgacha bor yo‘g‘i 1 dona Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan Boshiran 4MZ-4B  rusumli kombayn mavjud bo‘lib, shu yilning o‘zida 10 dona SASE CE-220 rusumli O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ikki qatorli paxta terish mashinalari bank krediti va lizing shartlari asosida olib kelingandi.

2024-yilda 3 dona, jumladan 1 dona  4 qatorli  JOHN DEERE CP570 rusumli Amerika qo‘shma shtatlarida ishlab chiqarilgan yuqori unumli paxta terish mashinasi, 2 dona Boshiran 4MZ-4B rusumli Xitoyda ishlab chiqarilgan  4 qatorli  paxta terish mashinalarini olib kelishga erishildi. 

JOHN DEERE CP570 rusumli paxta mashinasi Navbahor tekstil MCHJ tomonidan sotib olingan bo‘lib, yuqori unumli hisoblanadi. Mazkur mashina bir sutka davomida 40 gektargacha paxta maydonidan hosilni yig‘ib olish quvvatiga ega bo‘lib, ushbu kombaynning yana bir qulayligi paxtani dalaning o‘zidayoq toylab tayyor holatga, ya’ni transportirovka qilishga qulay qilib tayyorlab berish xususiyatiga ega.

Hozirgi kunda  tumandagi paxta terish mashinalarining umumiy soni 14 donani tashkil etmoqda. Bu esa terim jarayonida inson omili, qo‘l mehnatini qisqartirish imkonini yaratdi.

Viloyat hokimi Normat Tursunov Navbahor tumani dalalarida bo‘larkan, ushbu jarayonlar bilan yaqindan tanishib, terim mashinalari afzalliklarini o‘rgandi.

Ijtimoiy tarmoqlar: