SIZGA RAHMAT AZIZ USTOZIM! SIZGA TAʼZIM, SIZGA TASHAKKUR!

Bugun Navoiy viloyati hokimligi faollar zalida “1 oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatning bir qator o‘qituvchi va murabbiylari, faollar ishtirok etishdi. Tadbir avvalida viloyat hokimi Normat Tursunov yig‘ilganlarga o‘z bayram tabrigini yo‘lladi.



Tadbirda mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish, o‘quv jarayoniga milliy va ilg‘or xorijiy tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, o‘quvchilarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishdagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun 6 nafar ta’lim fidoyilari «Mehnat shuxrati» ordeni, II darajali «Sog‘lom avlod uchun» ordeni, «Sog‘lom turmush» medali, «Shuhrat» medali kabi davlat mukofotlari hamda bir guruh soha vakillari “Xalq ta’limi a’lochisi” va “Xalq ta’limi fidoyisi” ko‘krak nishonlari bilan, shuningdek  viloyat hokimining “Faxriy yorlig‘i” va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: