- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
“NKMK” AJ Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasining texnologik laboratoriyasida mineral xomashyodan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha doimiy ravishda izlanishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda mazkur laboratoriya mutaxassislari tomonidan oltin tarkibli aralash ma’danlarni qayta ishlashning texnologik parametrlarini aniqlash bo‘yicha ish olib borilmoqda. Qayta ishlash texnologiyasi sxemasi gravitatsion-sorbsiya va flotatsion-sorbsiya usullariga asoslanadi.
Bundan tashqari, “Nuqrakon” va “Kosmonachi” konlaridan kumush tarkibli birlamchi ma’danlarni qayta ishlash texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. Bugungi kunda flotatsion-sorbsiya usulini qo‘llashning laboratoriya tadqiqotlari natijalari qayta ishlanmoqda hamda flotatsion kontsentratni qayta ishlash bo‘yicha tadqiqotlar davom etmoqda.
Texnologik laboratoriyada yaratilayotgan yangi usul va texnologiyalar kon-metallurgiya ishlab chiqarishiga zamon bilan hamnafas bo‘lib, ilm-fan rivoji, qimmatbaho metalni ajratib olishning yangi texnologiyalarini rivojlantirish imkonini bermoqda.