ASOSIY MAQSAD - YANGI ISH O‘RINLARI YARATISH

"Zarafshan Golden Group" kompaniyasiga qarashli issiqxonalar majmuasiga tashrif buyurgan Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunovga yangi loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.

Yaqinda foydalanishga topshirilgan qo‘shimcha jami 4 gektarli shundan, 2 gektar Koreya va 2 gektar Gollandiya texnologiyalari asosidagi energotejamkor va ko‘mirda ishlovchi issiqxonalar o‘z faoliyatini boshlab, majmua maydoni 15 gektarga yetdi.  Yangi loyiha qiymati 3,5 mln. AQSH dollarini tashkil etib, shundan, 1,2 mln. AQSH dollari "Turon bank"  krediti va 2,3 mln. AQSH dollari kompaniya mablag‘lari hisobidan sarflangan loyihada qo‘shimcha 80 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

Jami 15 gektarli issiqxonalar kompleksida 3,5 ming tonna pomidor hosili va 40 tonna qulupnay yetishtirilib, mahsulotning 80 foizi eksportga yo‘naltiriladi. Yil davomida 5 mln. AQSH dollariga teng mahsulotlar eksport qilinadi, shu jumladan hozirgi kunga qadar 2 mln. AQSH dollarlik mahsulotlar xorijiy davlatlarga yuborilishi ta’minlandi.

Hozirda bu yerda 250 nafar xodimlar ishlamoqda. Shundan, 45 ta kambag‘al, “Ayollar va yoshlar daftarlari”ga kiritilgan hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlar ish bilan ta’minlangan.

Ijtimoiy tarmoqlar: