- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
"Navoiy suv ta'minoti" AJ direktori Otabek Zaripov, Zarafshon shahri hokimi Nazirbek Raxmonov, sektor rahbari Shavkat Shernazarov hamda tegishli mutasaddilar Zarafshon shahri "Yangi Zarafshon" mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-259-sonli qarori asosida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘zdan kechirishdi.
Mahalla aholisining 52 yillik muammolari barham topib, bugun ega bo‘lganlari obi hayot ne‘mati sabab shukronalik hissini tuyayotgan aholi kayfiyatini ko'rib, obyektni muddatdan ilgari topshirilishida jonbozlik ko'rsatgan soha fidoiylari samimiy qutlanib, amalga oshirilgan ishlar hudud aholisi uchun haqiqiy istiqlol tuhfasi bo'lganligi e‘tirof etildi.