- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Elektr energiyasini iqtisod qilish mavzusida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali va tegishli tashkilotlar bilan birga doimiy tarzda targ‘ibotlar, o‘quv seminarlari o‘tkazib kelinmoqda. Shunday seminarlardan biri «Zarafshon Golden Group» MCHJning gazoblok ishlab chiqarish zavodida bo‘lib o‘tdi.
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 14-iyundagi “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari ijrosini samarali taʼminlash maqsadida olib borilayotgan ishlar haqida so’z bordi. Viloyatda elektr energiyasi va energotejamkor uskunalarni keng joriy qilish muhim o‘rin tutishi alohida taʼkidlandi.
Xususan, yirik ishlab chiqarish obyektlarida energiya tejamkor uskunalarning o‘rnatilishi, elektr energiyasini iqtisod qilishga va daromad tejalishiga sabab bo‘lishi aytib o‘tildi.
- Ushbu gazoblok zavodimizga 500 kVTli quyosh paneli o’rnatildi. Shuningdek 950 kVA bo’lgan reaktiv energiyani kompensatsiya qilish qurilmasi, 50 dan ziyod dvigatellarni chastotasi rostlagichlarini o’rnatilishi bilan birga, zavoddagi barcha yoritish chiroqlari LED lampalarga almashtirildi. Natijada zavodimiz elektr energiyasi is’temolini 25% ga qisqartirishga erishdi, - deydi «Zarafshon Golden Group» MCHJ energetigi Rahim Kenjayev.
Shuningdek, seminarda energiya tejamkor gaz yondirgichlari namoyish etilib, ularning afzalliklari soha xodimlari tomonidan tadbirkorlarga batafsil tushuntirildi, qiziqtirgan savollarga javob berildi. Seminar yakunida ishtirokchilar zavod faoliyati bilan ham yaqindan tanishishdi.