Ko’p kvartirali uylarga xizmat ko’rsatuvchi boshqaruv tashkilotlari diqqatiga!

Davlatimiz rahbarining tegishli topshirig’iga asosan joriy yilning 14-sentabr kuni “Navoiy viloyatida uy-joy kommunal xo’jaligi sohasi va energiya tejamkorligi bo’yicha ko’p qavatli uylarda amalga oshirilgan ishlar” mavzusida respublika miqyosidagi seminar bo’lib o’tadi.

Shu munosabat bilan tizimdagi boshqaruv organlari uchun oʻzaro tajriba almashish maydoni boʻlgan ushbu seminarga soha vakillarini taklif etamiz. Zero, faoliyatida rivojlanish boʻlishini xohlagan kompaniya doimo oʻz koʻnikmalarini oshirishga eʼtibor qaratishi shart!

 Manzil - Navoiy shahri Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosi

 Tadbir boshlanish vaqti - 09:00

Ijtimoiy tarmoqlar: