KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O'RGANILDI

Bugun Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev mas'ullar hamrohligida shahar hududidagi 2,15, 5, 10-sonli umumta'lim maktablari hamda Tibbiyot texnikumida bo‘lib, kuz-qish mavsumiga tayyorgalik jarayonlari va hududdagi obodonlashtirish ishlarining bugungi holatini ko’zdan kechirdi.

Shuningdek, 8, 14, 25, 33-sonli DMTTlariga tashrif buyurib, mavsumga tayyorgarlik jarayonlari, oshxonalardagi sanitariya holatlari va hududdagi obodonlashtirish ishlari holati bilan tanishdi.

Mavsumni tinch va kamchiliklarsiz oʻtkazish boʻyicha masʼullarga tavsiya va topshiriqlar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: