JAHON ANDOZALARIGA MOS MAHSULOT TAYYORLASH YO‘LIDA

"Navoiyazot" negizida "CHEMISTRY INTERNATIONAL" MCHJ QK faoliyat boshlaganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q.

O‘tgan qisqa fursat davomida zamonaviy texnologiyalar, jahon andozalariga mos uskunalar bilan ta’minlangan majmuada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifati va xaridorgirligi bilan o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.

Quvvatda yiliga 6000 tonna gidroksipropilmetilsellyuloza, 10000 tonna paxta sellyulozasi tayyorlash imkoni mavjud. Majmua laboratoriyasida namunalar barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha tahlil etiladi, sifat nazorati amalga oshiriladi.

Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar to‘liq eksportga yo‘naltirilmoqda. Korxona mahsulotlaridan qurilish, to‘qimachilik sohalari, yelim va bo‘yoq tayyorlashda keng foydalaniladi.

Ijtimoiy tarmoqlar: