QIZILTEPADA ILK BOR PAXTA KOMBAYNLARDA TERILADI

Paxta yig‘im-terim mavsumini qisqa muddatlarda va sifatli tarzda amalga oshirishni maqsad qilgan Qiziltepa tumanining O‘rtacho‘l hududida faoliyat yuritayotgan fermerlar chigit ekish mavsumidanoq bu ishlarga jiddiy kirishishgan edi va chigit paxta terim kombayniga moslab yerga qadalgan edi.

Ayni kunlarda esa hududdagi fermerlar 10 ta paxta terim kombayni sotib olishdi va ular birin-ketin tumanga keltirilmoqda.

Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov, tuman prokurori Elyor Narzullayev va tegishli mas’ullar tumanga keltirilgan kombaynlarni ko‘zdan kechirishdi, fermerlar bilan suhbatlashishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar: