RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda “BILSA HAZIL, BILMASA CHIN” sarlavhali material yuzasidan quyidagilar ma’lum etiladi. Xodjayev Jamshid Baxtiyorovich (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyat kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan) Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi viloyat saylov komissiyasining 2019-yil 26-dekabrdagi 18-sonli qaroriga muvofiq, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati etib ro‘yxatga olingan.

Shuningdek, J.Xodjayev 2020-yil 17-yanvardagi xalq deputatlari Navoiy viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining qo‘shma majlisi bayonnomasiga asosan, Markaziy saylov komissiyasining 2020-yil 17-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zolarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida”gi 1023-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosi etib ham ro‘yxatga olingan.

2023-yilning 16-avgust kunidan e’tiboran J.Xodjayev Navoiy viloyati hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 90-moddasida mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarga quyidagi bir qator talablar belgilangan.

Unga muvofiq, mazkur moddaning talablaridan biri sudyalar, prokuratura organlarining va ijro etuvchi hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (bundan viloyat, tuman va shahar hokimlari mustasno) deputat etib saylangan taqdirda, egallab turgan lavozimidan bo‘shash to‘g‘risida ariza berish sharti bilan mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzod etib ro‘yxatga olinishi ta’kidlangan.
J.Xodjayev (2023-yilning 16-avgust) viloyat hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandan so‘ng xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati va Oliy Majlis Senati a’zoligidan chiqish bo‘yicha ariza berish yoki bermaslik to‘g‘risidagi (istisno tariqasida uning deputatlik faoliyati muddati tugallanishiga qisqa fursat qolganligi tufayli) masala Oliy Majlis Senati hamda Prezident Administratsiyasi bilan kelishilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar: