- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 24-avgustdagi "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Fаrmoniga (https://president.uz/uz/lists/view/7491) asosan 100 yoshdan oshgan qiziltepalik Oyista Nutfilloyeva "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan edi.
Bugun ushbu medal onaxonga farzandlari, nevaralari, evarayu chevaralari ishtirokida viloyat hokimi Normat Tursunov va tuman hokimi Bekzod Bobomurodov ishtirokida topshirildi.
Hokimlar bilan samimiy suhbatda onaxon tinchligimizga shukrona keltirib, mamlakatimiz Prezidentiga o‘zining minnatdorligini bildirdi va duoga qo‘l ochdi.
Ma’lumot uchun: Oyista Nutfilloyeva 1923-yilda tug‘ilgan. 1940-yildan 1973-yilgacha "Madaniyat" jamoa xo‘jaligida ishlagan. Hozirda Oyista aya 21 nevara, 48 evara va 7 chevara ardog‘ida yashab kelmoqda.