- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navbahor tumanida 1 dona ko‘prik va uzunligi 8 kilometr bo‘lgan avtomobil yo‘lini foydalanishga topshirilishi tuman ahli uchun uchun bayramga tuhfa bo‘ldi.
Umumiy qiymati 8,0 mlrd.so‘m bo‘lgan tumanning “Paxtakor” mahallasida joylashgan uzunligi 85 metr bo‘lgan 1 dona ko‘prik (A379 "Navoiy-Uchquduq" avtomobil yo‘lining 2,4 km qismida) foydalanishga topshirildi.
Mazkur ko‘prik viloyat markazini Zarafshon shahri, Karmana, Navbahor, Konimex, Qiziltepa, Nurota, Uchquduq va Tomdi tumanlarini bog‘lovchi hisoblanib, avtotransport vositalarini xavfsiz harakatlanishi va aholimizga munosib xizmat qiladi.
Shuningdek, umumiy qiymati 123 mlrd.so‘m bo‘lgan “Paxtakor”, “Yangi yo‘l”, “Qorovultepa”, “O‘zbekiston”, “Qalqonota”, “Mirzo Ulug‘bek” mahallalaridan o‘tuvchi uzunligi 8 kilometr bo‘lgan (4R57 “Qizilqum xalqa yo‘li” (Karmana sh-Nurota sh-Boymurot q- O‘tamurot q-Mullali q-Tomdibuloq q”) avtomobil yo‘li ham bugun foydalanishga topshirildi.
Mazkur avtomobil yo‘li viloyat markazini Nurota, Konimex, Uchquduq va Tomdi tumanlarini qolaversa, Jizzax viloyatining Forish tumanini bog‘lovchi hamda turizm yo‘nalishidagi (“Chashma” ziyoratgoxi, “Sarmish qo‘riqxonasi” va obidalarga olib boruvchi) asosiy yo‘l bo‘lib, boshqa davlat va ichki turistik sayyohlarning oqimining oshishiga zamin yaratiladi.
Ushbu yo‘lning to‘liq qayta qurilishida va avtotransport vositalarini xavfsiz harakatlanishini ta’minlash va tirbandliklar oldini olish, 2 tasmalidan 4 tasmaga o‘zgartirilishi, 3 dona ko‘prik qayta qurilishi, 7,8 km yo‘l ajratuvchi temir tusiqlar o‘rnatilishi, 3 ta joyda svetafor va 8 km suv qochirish latoklarining qurilishi, 278 dona tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilishi, yo‘l belgi va yo‘l yotiq chiziqlari bilan jihozlanishi, 8 km piyodalar va velosiped yo‘laklari hamda 4 dona avtobekatlar qurilishi, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratdi.