Faol tadbirkorlar e’tirof etildi

Bugun Navoiy viloyati hokimligi tantanalar zalida  “20 avgust - Tadbirkorlar kuni” bayrami munosabati bilan davlat mukofotlari va “Faol tadbirkor” ko‘krak nishonini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Normat Tursunov so‘zga chiqib, mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholini ish bilan ta’minlash, respublikaning eksport salohiyatini oshirish va innovatsiyalar joriy qilishda tashabbus ko‘rsatayotgan tadbirkorlar faoliyatini e’tirof etdi.

Bir guruh navoiylik soha xodimlari davlat mukofotlari, “Faol tadbirkor” ko‘krak nishoni hamda viloyat hokimligining faxriy yorliqlari  va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ijtimoiy tarmoqlar: