- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Navoiy shahrida joylashgan "Muhtasham mebellar" mebel va eshik romlari ishlab chiqaruvchi fabrika faoliyati bilan tanishdi.
Fabrikaning bir yillik savdo aylanmasi 20 mlrd. so‘mni tashkil etib, bu yerda 100 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Viloyat hokimi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini o‘rganib, ishlab chiqarishda faoliyat yuritayotgan ishchilar bilan suhbatda bo‘ldi. Korxona rahbari bilan kelgusida fabrikani kengaytirish va mahsulotlarni eksportga yo‘naltirish masalalari to‘g‘risida suhbatlashildi.