Navbahor tumanida osh chempionati bo‘lib o‘tdi

Respublikamiz mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlangan turli tadbirlar Navoiy viloyati bo‘ylab davom etmoqda. Bugun ham Navbahor tumanida yirik bayram tadbiri - Osh chempionati bo‘lib o‘tdi.

Taomlarning shohi bo‘lmish palovxonto‘ra xalqimizning sevimli taomi hisoblanadi. Milliyligimizning ramzi bo‘lmish osh azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan turli usulda tayyorlanib kelinmoqda.

Tumanda mahoratli oshpazlar hamda havaskorlar o‘rtasida o‘tkazilgan "Osh chempionati"da 7 ta doshqozonda 7 xil turdagi oshlar tayyorlanib, baholash uchun aholiga tortiq qilindi.

????????Choyxona oshi deysizmi, to‘y oshimi, Samarqandcha, Buxorocha, Farg‘ona oshlar, xullas chempionatda barcha turdagi eng mashhur palovlar tayyorlandi. Chempionatda Navbahor tumani hokimi Azamat O‘roqov ham qatnashib, oshpazlar mahoratini baholadi.

Tanlovda ishtirok etgan barcha oshpazlar 5 million so‘m va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar: