- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy davlat pedagogika instituti turli mamlakatlar bilan zamonaviy taʻlim sohasidagi hamkorlik aloqalarini oʻrnatish va ularni mustahkamlash maqsadida tizimli ishlarni olib bormoqda.
10 iyul kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Minnesota universiteti prorektori, professor X.Charlz Navoiy davlat pedagogika institutida boʻlib, institut rektori, professor Muxiddin Kalonov bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatish, qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirishga bagʻishlangan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Dastlab NDPI rektori, professor Muxiddin Kalonov Navoiy viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy salohiyati, shu bilan birga, Navoiy davlat pedagogika institutining ilmiy salohiyati, hamkorlik ko‘lami to‘g’risida batafsil maʼlumot berdi. Shu oʻrinda Minnesota universiteti prorektori ham Amerika taʼlim tizimi, dars jarayonlari, ilmiy-innovatsion loyihalari haqida toʻxtaldi. Shundan soʻng ikkala davlatning taʻlim tizimini rivojlantirish, ilmiy-amaliy loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish hamda kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha anglashuv memorandumi imzolandi.
Oliy taʼlim muassasalari oʻrtasidagi hamkorlik loyihalarini amalga oshirish, biologiya, kimyo va tibbiyot yoʻnalishlaridagi talabalar hamda professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qo'yish, fan dasturlari va sillabuslarni birgalikda takomillashtirib borish, professor-o‘qituvchilarni tizimli stajirovkaga yuborish kabi ishlarni amalga oshirishni kelishib oldilar.