YOSHLAR SALOHIYATI – SOHA TARAQQIYOTI

Bugun mamlakatimizda yoshlarga alohida e’tibor qaratilayotganligi har jabhada namoyon bo‘lmoqda. Yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlarning unumli foydalanayotganligi esa yurtimiz taraqqiyotining kafolatidir. Shunga ko‘ra, soha rivojiga o‘zlarining munosib hissasini qo‘shib kelayotgan bir guruh filial yoshlari va rahbariyat o‘rtasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Navoiy viloyati “Manaviyat va ma’rifat” markazida tashkil qilindi.

Tadbirda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Navoiy hududiy filiali direktori Bobur Islomov ishtirok etib, yosh xodimlarga soha taraqqiyoti yo‘lidagi fidoyiligi uchun minnatdorlik bildirib, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan filial yoshlari ham foydalanishga haqli ekanliklarini alohida ta’kidladi. Ushbu tadbirda filial tassarufidagi xizmat, bo‘lim va tuman, shahar elektr ta’minoti korxonalarida faoliyat yuritayotgan faol yoshlar filial tomonidan tashakkurnoma hamda Kasaba yushmasi qo’mitasining qimmatbaho sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Uchrashuv davomida tashabbusli g‘oyalar bo‘yicha yoshlarning takliflari va fikr-mulohazalari o‘rganildi. Fikrlar xulosasiga ko‘ra, yoshlarning istiqbolli takliflarini ijroga yo‘naltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: