Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Turkiyada

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya safarini Gaziantep shahridagi sanoat zonasi rahbariyati bilan uchrashish, sanoat zonasi va undagi korxonalar faoliyatini o‘rganish bilan davom ettirmoqda.

Jumladan, “Zer Group” (“Zer Yağ Sanayi”) kompaniyasiga tashrif buyurilib, kompaniya rahbariyati, xususan janob Sherif Seljuk bilan muzokaralar o‘tkazildi. Jarayonda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi.

“Zer Group” kompaniyasi 1991 yilda tashkil etilgan bo‘lib, “Zer” va “Sor” brendi ostida yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqariladi. Kompaniyaning Gaziantep, Bursa, Aydin, Adana, Manisa hamda Iroqda ishlab chiqarish korxonalari mavjud bo‘lib, ushbu korxonalarda zaytun yog‘i, kungaboqar yog‘i, mayonez, ketchup, limon sousi, ziravorlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarilib, 90% mahsuloti dunyoning 45 ta davlatiga eksport qilinadi. 350 nafarga yaqin ishchi-xodimlar faoliyat yuritaayotgan “Zer Group”ning yillik savdo aylanmasi 500 mln. dollarni tashkil etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar: