TAKRORIY EKIN - QO‘SH DAROMAD MANBAI

Xatirchida g‘alladan bo‘shagan 9 789 gektar yer maydonlarida ichki bozorda talab yuqori bo‘lgan hamda eksportbop takroriy ekin turlari yetishtirilishi rejalashtirilgan.

G‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida bugun ish qaynoq. Har bir daqiqani g‘animat bilgan dehqonlar fermer xo‘jaligi dalalarida kunu tun takroriy ekin ekish ishlarini uyushqoqlik bilan olib borishmoqda.

Ayni paytda esa Xatirchi tumani 1-sektor hududida g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekin ekishning samarali usullarini o'rgatish borasida amaliy seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu seminarda tuman hokimi Umidjon Adizov, fermer xo‘jaliklari raislari ishtirok etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar: