UCHQUDUQDA O’QUV MASHG’ULOTI O‘TKAZILDI

Ayni kunlarda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Navoiy hududiy filialida "Xavfsizlik texnikasi" ko'rik oyligi o'tkazilmoqda. Ko’rik oyligi davomida xodimlarning mehnatni muhofaza qilish, ish jarayonida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish, shuningdek, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida turli tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlarning biri Uchquduq tumani elektr ta’minoti bo'limida bo’lib o’tdi. Tadbir davomida xodimlar transformator punktida kuygan 10 kVli saqlagichni almashtirish va kuchlanish ostiga tushgan xodimni qutqarish boʼyicha tayyorgarlik asoslarini namoyish etdi. Shuningdek, dasturga muvofiq ishni tashkil qilish, xavfsiz ish bajarish, ish joylarini toʼgʼri tayyorlash, himoya vositalaridan toʼgʼri foydalanishning nazariy jihatlari, ish tashkil etishda uning asosiy qism va mexanizmlari haqida bilimlarini mustahkamlashdi.

Ijtimoiy tarmoqlar: