O'ZBEK - TATAR HAMKORLIGI: YANGI NUQTALAR

Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov hamrohligida Navoiy mashinasozlik zavodida bo‘lib, korxona ish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Mashinasozlik zavodi sexlaridagi ishlab chiqarish jarayonlari, tayyorlanayotgan mahsulotlar va ularning sifati bo‘yicha mutaxassislar bilan suhbatlashildi.

Bugungi kunda mazkur zavod mahalliylashtirilgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha respublikada yetakchi korxonalardan biri sanaladi. Ayni paytda korxonada 3,5 ming nafar muhandis-texnolog, metallurg, mexanik, konstruktor va boshqa kasb egalari mehnat qilmoqda.

Navoiy mashinasozlik zavodida 15 ming turdan ortiq yuqori sifatli mahsulotlar ishlab chiqarilib, kombinat ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlar, uskuna va jihozlar tayyorlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar: