- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Birlashtirilgan loyihalarni amalga oshirish guruhi xodimlari, “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi bo‘yicha mahalliy hokimiyatlar vakillari shuningdek, BMT TD mutaxassislari ishtirokida Latviyaga o‘quv safari tashkil qilingan.
Mazkur safar davomida qatnashchilar qishloq taraqqiyoti boʻyicha Yevropa qishloq xoʻjaligi jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtirilgan LEADER dasturi asosida qishloqni barqaror rivojlantirish boʻyicha ilgʻor tajribalar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda.
Chekka hududlarda istiqomat qiladigan aholiga qulay sharoit yaratish va yangi ish o‘rinlarini tashkil qilish, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish bo‘yicha Latviya davlati tajribasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, LEADER dasturining milliy va mahalliy darajalarda boshqaruv tuzilmasi, qishloq jamiyatini rivojlantirishda “pastdan yuqoriga” yondashuvni qo‘llash, mahalliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, loyihalarni tanlash va amalga oshirish, qishloq taraqqiyotiga ko‘maklashishda NNTlarning muhim roli muhokama qilindi.
O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda Slovakiyada o‘quv seminarlarini davom ettirmoqda.