Delegatsiya Xitoydagi chiqindini qayta ishlovchi kompaniya faoliyati bilan tanishdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifining oltinchi kunida Lanzhou Fengquan Environmental Protection Power kompaniyasiga tashrif buyurishdi.

Ushbu kompaniya 2016-yilda tashkil topgan bo‘lib, chiqindini qayta ishlab, maxsus yopiq hududlarda yoqib, buning natijasida elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Bir kunda 2000 tonnaga yaqin chiqindini qayta ishlash quvvatiga ega.

 

Viloyat rahbari Normat Tursunov ushbu loyiha bilan tanishar ekan, Navoiy viloyatiga ham ushbu amaliyotni joriy etish o‘ta zarur ekanligini ta’kidladi. Muzokaralar davomida ushbu loyiha bo‘yicha batafsil muloqot qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: