Navbatdagi apparat yig‘ilishi

Viloyat hokimi rahbarligidagi apparat yig‘ilishida hokim o‘rinbosarlari, sektor rahbarlari, shahar va tuman hokimlari hamda tashkilot, muassasa rahbarlari ishtirok etib, masalalar tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqilmoqda.

Xususan, oldingi apparat yig‘ilishida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarmagan va edo.gov.uz platformasidagi nazoratdagi hujjatlar ijrosida sustkashlikka yo‘l qo‘ygan bir guruh mas’ullar ogohlantirildi.

 

Aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashish va “ishsizlikdan holi hudud”ga aylantirish bo‘yicha mahallalarga biriktirilgan mas’ullar va sektor rahbarlarining hisoboti tinglanib, Karmana, Xatirchi tumanlari, Zarafshon, Navoiy shahrida migrantlarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmagani ta’kidlandi.

 

Shuningdek, Karmana tumanida aholini ish bilan ta’minlashda nomutanosib raqamlar berilib, qo‘shib yozilgani qattiq tanqid qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: