"Arabxona" MFYda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazildi

Bugun Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari Jamshid Xodjaev Karmana tumani "Arabxona" MFYda kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini ta'minlash masalalari boʻyicha fuqarolar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Ayni kunda mahallaning ishsizligi boʻyicha roʻyxatga olingan 84 nafar yashovchisi va qoʻshimcha 21 nafar ishsiz aholi bandligini ta'minlash masalasi boʻyicha 4 soat davomida qabul oʻtkazilib, ularning aksariyati viloyat, tumandagi boʻsh ish joylariga va yirik tadbirkorlik sub'ektlariga ishga joylashtirildi.

Shuningdek Jamshid Baxtiyarovich boshchiligidagi mutasaddilar mahalla xonadonlarida Sayxunobod tajribasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar holatini oʻrgandi.

Biz bugun Sayxunobod tajribasi asosidagi ishlarni olib borish, tomorqa, hunar yoki chorvachilikdan foyda olish masalalariga aholini koʻniktirib olishimiz, tomorqaga beda emas, poliz mahsulotlarini ekishni odat qildirishimiz zarur, - deydi hokim oʻrinbosari.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: