- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov Xitoy Xalq Respublikasining “SHANGHAI JINGLI TECHNOLOGY CO., LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda viloyat hokimi tomonidan davlatlarimiz Rahbarlari tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlari yangi bosqichga kutarilayotganligi ta'kidlandi.
Shuningdek, kompaniya vakillariga Oʻzbekiston Respublikasida soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, viloyatning sanoat va investitsion salohiyati, kooperatsiya, mineral resurslar bazasi toʻgʻrisida batafsil ma'lumotlar berildi.
Kompaniya vakillari tomonidan Navoiy viloyatida qiymati 150 mln. dollarlik shisha mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish taklifi bildirildi. Muzokaralar natijasida yangi investitsion loyihalarni amalga oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish borasida kelishuvlarga erishildi.