“Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida davra suhbati

Bugun Navoiy shahrida AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Mahalliy davlat hokimiyatini rivojlantirish” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil qilinib, pilot tumanlarda davlat-xususiy sheriklik (DXSH) imkoniyatlari, ilg‘or tajribalar borasida fikr va mulohazalar yuritildi.

Navoiy viloyati hokimligi, Savdo-sanoat palatasining Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, "Tadbirkor ayol" O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi viloyati bo‘limi mas’ullari, xususiy tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda asosiy e’tibor hududlarda mahalliy davlat xizmatlarni ko‘rsatish va mahallalarda infratuzilmani rivojlantirishda davlat xususiy sheriklik imkoniyatlarini o‘rganishga qaratildi. Davra suhbati davomida DXSH loyihalarini samarali amalga oshirayotgan tabirkorlar tomonidan taqdimotlar qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: